YeIga a’zo ayrim davlatlar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni yumshatishga urinmoqda

Olam

image

Yevropa Ittifoqining bir guruh yirik davlatlari YeI rasmiylari tomonidan Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan yangi sanksiyalarni yumshatishga intilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, gap Rossiyaning uchinchi davlatlar orqali unga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishiga to‘sqinlik qilishi kerak bo‘lgan cheklovchi choralar haqida ketmoqda.

YeI rahbariyatining rejasiga ko‘ra, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni eksport qiluvchi kompaniyalar mahsulotini yetkazib berishdan oldin depozit hisobvarag‘iga ma’lum miqdorda pul o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Tovarlar sanksiyalarni buzgan holda yetkazib berilgani aniqlansa, bu summaning yarmi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus fondga yo‘naltiriladi va yetkazib berish shartnomasi bekor qilinadi.

Qayd etish joizki, Yevropa komissiyasi noyabr oyi o‘rtalariga qadar Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini ishlab chiqishni yakunladi va uni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi. Yangi paket doirasida sanksiya ro‘yxatiga yana 120 nafar jismoniy va yuridik shaxslarni kiritish taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqi 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Singapur va Rossiyaning bir qancha injiniring kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi ekani aytilgandi. YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi esa Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan 29−30 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing