YeIda “Yagona Rossiya”ning barcha a’zolariga sanksiya qo‘llash taklif qilindi
Olam
−
04 aprel 2022 6212 2 daqiqa
Polsha rasmiylari Yevropa Ittifoqida “Yagona Rossiya” partiyasining barcha a’zolariga nisbatan sanksiyalar joriy etishga chorlamoqda. Bu haqda bugun, 4 aprel kuni kuni Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy ma’lum qilgan.
"Yevropa Ittifoqining so‘nggi sammitida biz "Yagona Rossiya" partiyasining barcha a’zolariga qarshi sanksiyalarni taklif qildik”, deydi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 milliondan ortiq kishi "Yagona Rossiya" partiyasi a’zosi.
Yagona Rossiya" raisi, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Varshavaning "Yagona Rossiya"ga qarshi xuddi shunday chaqiriqlariga javoban Polshaning "Qonun va adolat" partiyasi tarafdorlariga qarshi sanksiyalar qo‘llash haqida o‘ylashni taklif qildi.
“Russofobiya asosida nihoyat relsdan chiqib ketgan va “Yagona Rossiya” partiyasining barcha a’zolariga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif qilgan Polsha psevdo-Bosh vaziri Moravetskiyning tashabbusiga javoban biz barcha a’zolarga, umuman olganda, ushbu partiyaga ovoz beradiganlarning barchasi nisbatan nosimmetrik sanksiyalar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishimiz mumkin”, deydi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyevga diplomatik missiyaning 45 nafar xodimi mamlakatda chiqarib yuborilishi haqida nota topshirilgan edi. Shu bois ikki mamlakat munosabatlaridagi keskinlik soat sayin ortmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilning fevral oyi oxiridan beri Polsha Rossiyaning Varshavadagi elchixonasining bank hisoblarini “terrorizmni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin” degan bahona bilan bloklab qo‘ygan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr