YeI Vengriyaga qarshi mafkuraviy urush olib bormoqda – Orban 

Olam

image
Orban YeI kengashida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin north_east

Orban YeI kengashida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi so‘nggi yillarda Budapeshtga qarshi mafkuraviy urush olib borayotganini aytdi. Bu haqda u Fransiyaning “Le Poin” jurnaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

"Yevropa Ittifoqi so‘nggi yillarda Vengriyaga qarshi mafkuraviy urush olib bordi va bizni doimiy ravishda shantaj qilishga harakat qildi. Yevropa Ittifoqi tobora ko‘proq imperializm tomon harakat qilmoqda ", deydi Bosh vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi “suveren davlatlar hamjamiyatiga tobora kamroq o‘xshab bormoqda”. 

"Shartnomaviy huquqlaringiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, qanday asosli dalillar keltirsangiz ham, YeI sizni siz istamagan narsada ishtirok etishga majburlamoqda", deb tushuntirdi Orban.

Bosh vazir "Vengriya ko‘p yillar davomida shunday sharoitda yashashga majbur bo‘lganini” qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Britaniyaning “The Financial Times” gazetasi o‘z qo‘liga tushgan YeIning ichki hujjatiga tayanib, Yevropa Ittifoqi, agar Budapesht Ukrainaga yangi yordam paketini yoqlashdan bosh tortsa, Vengriya iqtisodiga putur yetkazish rejasini ishlab chiqayotganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Viktor Orban Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing