YeI Ukrainaga bergan va’dasini bajardi – Borrel

Olam

image

Yevropa Ittifoqi 2024 yil bahorigacha Ukrainaga bir million artilleriya snaryadi yetkazib berdi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi.

U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va Kiyevga berilayotgan yordamning oshishini ta’kidladi. Borrel hozirgi darajadagi yordam Ukraina foydasiga jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirishga yetarli emasligini ham tan oldi.

“Biz Ukrainaga 1 million snaryad yuborish bo‘yicha o‘z va’damizni bajardik va qish oxirigacha 75 ming ukrainalik askarni tayyorgarlikdan o‘tkazamiz”, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi urush boshlanganidan buyon Ukrainaga 45 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning mart oyida Yevropa davlatlari Estoniya tashabbusi bilan Ukrainaga bir million artilleriya snaryadlari yetkazib berishga kelishib olgandi. Biroq ittifoq a’zolari ishlab chiqarish imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmagani va logistika masalalari tufayli bu maqsadga erishish imkoni bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa parlamenti Ukrainaga yordamni davom ettirish uchun 19 noyabr kuni navbatdan tashqari favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina EI Borrel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing