YeI Ukrainaga 54 milliard dollar ajratishni ma’qulladi
Olam
−
29 fevral
3194Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaga 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan “Ukraine Facility” makromoliyaviy yordam dasturini ma’qulladi. Bu dastur Yevropa Ittifoqi byudjetidan 54 milliard dollar ajratishni nazarda tutadi. Bu haqda YeI Kengashi ma’lum qildi.
Tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, Ukrainaga 18 milliard dollar qaytarilmaydigan yordam sifatida, yana 35 milliard dollar imtiyozli uzoq muddatli kreditlar shaklida ajratiladi.
Bundan tashqari:
- Migratsiya va chegaralarni boshqarish uchun 2 mlrd dollar;
- Qo‘shnichilik siyosati va xalqaro hamkorlik uchun 8 mlrd dollar;
- Yevropa mudofaa fondi uchun 1,6 milliard dollar;
- "Moslashuvchanlik vositasi" uchun 2 milliard dollar;
- Yevropa Ittifoqi va butun dunyoda tabiiy ofatlar va gumanitar inqirozlar uchun "birdamlik va favqulodda zaxira" sifatida 1,6 milliard dollar yo‘naltirilgan.
Ukrainaga ajratilgan 54 milliard dollarlik yordamning salmoqli qismi (33 foizi) grantlar ko‘rinishida, kamida 20 foizi esa jangovar harakatlar paytida shikastlangan mamlakat infratuzilmasini tiklashga mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada urush boshlanganining 2 yilligi arafasida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini ma’qullagandi. Uning doirasida 106 jismoniy va 88 yuridik shaxsga nisbatan cheklov choralari kiritildi.
LiveBarchasi