YeI Rossiyaga telefon suhbatlarini tinglash moslamalarini berishni taqiqladi
Olam
−
27 may
5912Yevropa Ittifoqi inson huquqlarini buzganlik uchun yangi sanksiyalar doirasida Rossiyaga suhbatlar va boshqa aloqa ma’lumotlarini tinglash, kuzatish yoki ushlash uchun politsiya jihozlari va texnologiyalarini yetkazib berishni taqiqladi. Bu haqda YeI kengashi bayonotida aytiladi.
“Yangi sanksiyalar rejimi, shuningdek, axborot xavfsizligi sohasidagi ichki repressiya va asbob-uskunalar, texnologiyalar yoki dasturiy ta’minot, shu jumladan telekommunikatsiya ma’lumotlarini kuzatish yoki ushlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan asbob-uskunalar va texnikalar savdosi va eksportiga cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi”, deyiladi Yevropa Ittifoqi Kengashi bayonotida.
Shuningdek, Ittifoq Rossiyaga yengil qurollar, granatalar, harbiy portlovchi moddalar, pichoqlar, nayzalar, tikanli simlar va o‘q otish simulyatorlarini yetkazib berishni ham taqiqladi, chunki bularning barchasi ichki repressiya uchun ishlatilishi mumkin.
“Ichki repressiya uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan jihozlar ro‘yxatiga o‘q otish qurollari, o‘q-dorilar, otish mashg‘ulotlarida ishlatiladigan simulyatorlar, bombalar va granatalar, boshqa portlovchi qurilmalar, shuningdek ularning tarkibiy qismlari: ammotol, nitroglikol, pikril xlorid, tikanli simlar, pichoq uzunligi 10 sm dan ortiq bo‘lgan jangovar pichoqlar va nayzalar”, deyiladi hujjatda.
Avvalroq Rossiyaga barcha turdagi qurol va o‘q-dorilarni yetkazib berish Ukrainaning hududiy yaxlitligini buzganlik uchun asosiy sanksiya rejimida taqiqlangan edi, biroq boshqa sanksiya ro‘yxatiga qayta kiritilishi Yevropa Ittifoqi amaliyotiga zid emas. Shu tariqa, Bryussel muassasalari, rejimlardan biri bekor qilingan taqdirda ham taqiqning imkon qadar uzoq vaqt davomida o‘z kuchini saqlab qolishini ta’minlashga harakat qilmoqda.
Shuningdek, ushbu mahsulotlarni yevropalik ishlab chiqaruvchilarga Rossiyaga sotish taqiqlangan elektron aloqa, elektron pochta, SMS-xabarlar, turli xil xavfsizlik protokollarini buzish uchun uskunalar, texnologiya va dasturiy ta’minotning keng ro‘yxati ilova qilingan.
Eslatib o‘tamiz, sanksiya ro‘yxatiga Moskva shahar sudi sudyasi Tatyana Dodonova, Federal jazoni ijro etish xizmati inspeksiyasi boshlig‘i Aleksandr Yermolenko, prokuror Aleksandr Gladishev, RF Tergov qo‘mitasi tergovchisi Ilya Savchenko, Moskvaning Golovinsk tuman sudi sudyasi Yelena Astaxova va Oliy sud sudyasi Nikolay Dubovik kiritilgan.
Barcha shaxslarning Yevropa Ittifoqi hududiga kirishi taqiqlanadi va ularning aktivlari, agar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida topilsa, muzlatiladi.
Bugun, 27 may kuni Yevropa Ittifoqining 27 davlati tashqi ishlar vazirlari Rossiya Federatsiyasida hamjamiyat fikricha, inson huquqlarini buzayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga qaratilgan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar rejimini tasdiqladi. Taxminlarga ko‘ra, yangi rejim YeIga Rossiyada muxolifatni ta’qib qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar va tashkilotlarga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkonini beradi. Norasmiy ravishda yangi rejim Aleksey Navalniy nomi bilan atalgan.
LiveBarchasi