YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tayyor bo‘ldi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari bo‘yicha ishlar yakunlandi, ular tayyor. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qilgan.

“Sanksiyalar bo‘yicha ishlar yakunlandi, ular tayyor. Og‘ir vaziyatda, men Tashqi ishlar vazirlarini favqulodda yig‘ilishga chaqiraman, unda sanksiyalar taqdim etiladi. Biz buni vaqti kelganda amalga oshirishga tayyormiz, shunday daqiqalar keladi, lekin biz u kelmasligi uchun harakat qilyapmiz”, deydi Borrell.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI har qanday diplomatik choralarni, jumladan tashqi sammitlar va vazirlar uchrashuvlarini qo‘llab-quvvatlaydi – muzokaralar stoliga o‘tirishning har qanday formati muhim.

Ta’kidlanishicha, kecha, 20 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa Ittifoqi davlatlarining o‘ziga ham katta zarar yetkazishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning sharqiy hududlarida joylashgan rossiyaparast, o‘zini suveren deya atovchi hududlar - Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasi (DXR) yetakchilari 18 fevral kuni aholini Rossiyaga evakuatsiya qilish haqida buyruq bergan.

Ukraina tarkibidan ajralib chiqish harakatidan bo‘lgan ikki hudud joriy yilning 17 fevral kuni Ukraina harbiylari Donbassga hujum qilganini ro‘kach qilib, Kiyevni ayblamoqda. Ammo, rasmiy Kiyev LXR va DXR tomonidan Ukraina hududiga 60 marotaba o‘q uzilganini aytmoqda. Hatto, ba’zi hujumlar og‘ir artilleriyalar yordamida uyushtirilgani ma’lum qilinmoqda.

Ukraina hukumati mamlakat harbiylari sharqiy hududlarga hujum qilishni rejalashtirmaganini aytib, LXR va DXRni yolg‘on xabar tarqatishda ayblagan. 

LXR va DXR hujum boshlangani ortidan o‘z fuqarolarini Rossiya hududiga evakuatsiya qila boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing