YeI Rossiya neftiga cheklov bo‘yicha kelisha olmadi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download
Dunyo Rossiyaning qosh-qovog‘iga qarashga majburmi? north_east

Dunyo Rossiyaning qosh-qovog‘iga qarashga majburmi?

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatrning doimiy vakillari bir necha kun davom etgan muzokaralardan so‘ng Rossiyaga qarshi neft embargosi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadilar. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Nashrning Yevrokomissiya bayonotiga tayanib yozishicha, Rossiyadan import qilinadigan neftga qaramlik tufayli ayrim mamlakatlar uchun neft yetkazib berish xavfsizligi kafolatlarini ishlab chiqish ishlari davom ettirilmoqda.

Bayonotda aytilishicha, sanksiyalar paketini tezroq qabul qilish uchun barcha darajadagi muzokaralar yangi hafta boshida davom etadi. Yevropa Ittifoqi komissiyasi avvalroq Rossiya neftiga eng ko‘p qaram bo‘lgan Vengriya, Slovakiya va Chexiyaga yangi xomashyo manbalariga ega bo‘lishlari uchun rejalashtirilgan cheklovlarni qo‘yishni kechiktirishni taklif qilgan edi: Praga 2024 yil iyulidan boshlab embargo joriy qilishi mumkin va Budapesht va Bratislava esa 2025 yildan. Biroq, bir qator davlatlar uchun bu taklif yetarli darajada foydali bo‘lmagan.

Ular qo‘shimcha imtiyozlarni –ko‘proq vaqt va moliyaviy yordam so‘ramoqda. Bolgariya, boshqalar qatori, o‘zi uchun ham istisno isbo‘lishini xohlayapti. Ayni paytda sanksiyalar paketini qabul qilish uchun barcha davlatlarning roziligi talab qilinadi.

Rossiya nefti Vengriya, Chexiya va Slovakiyaga Drujba quvuri orqali yetkazib beriladi. Milliy statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Chexiya neft iste’molining yarmini Rossiya manbalaridan qoplagan. Vengriya, hukumatiga ko‘ra, neftning 65 foizini Rossiyadan oladi. Transpetrol milliy operatoriga ko‘ra, Slovakiya uchun Rossiya nefti yagona manba hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi bosqichi loyihasini e’lon qildi. Unda YeI davlatlariga olti oy ichida Rossiya xom neftini import qilishdan, 2023 yilda esa neft mahsulotlari importidan voz kechish taklif qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing