YeI Rossiya gazini sanksiyalarni buzmasdan sotib olish rejasini ishlab chiqdi
Olam
−
16 may 2022
17805Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi kompaniyalari uchun Rossiya gazini sotib olish bo‘yicha yangilangan tavsiyalarni tayyorladi. Bu haqda Yevrokomissiya 13 may kuni bo‘lib o‘tgan yopiq yig‘ilishda ma’lum qildi. Bu haqda “Meduza” agentligi xabar berdi.
Yangi tavsiyalarda gaz xaridorlari “Gazprombank”da yevro yoki dollarda hisob ochish (Rossiya talabiga ko‘ra) va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan joriy qilingan Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga muvofiq gaz sotib olishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, kompaniyalar o‘z majburiyatlarini valyutani rublga konvertatsiya qilgandan keyin emas, balki yevro yoki dollar o‘tkazilgandan keyin bajarilgan deb hisoblashlarini aniq ko‘rsatishlari kerak.
Yevrokomissiya Rossiyaning kompaniyalar uchun “Gazprombank”da rubl hisobini ochish talabi Yevropa Ittifoqi standartlariga mos kelishi yoki yo‘qligini ochiqlamagan. Rasmiylar avvalroq bunday hisob ochish sanksiyalarni buzishini ma’lum qilgan edi.
Dastlab Yevrokomissiya Moskvaning gaz uchun to‘lovni rublda to‘lash talabi shartlarida to‘lov valyutasini o‘zgartirishni nazarda tutmagan yetkazib berish shartnomalarini va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qo‘ygan sanksiyalarini buzadi deb hisoblagandi.
1 apreldan boshlab Rossiya hukumati “nodo‘stona munosabatda bo‘lgan davlatlar”, jumladan, Yevropa Ittifoqining barcha davlatlaridan gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni Rossiya rublida amalga oshirishni talab qilmoqda, aks holda gaz eksporti to‘xtatiladi. 27 aprel kuni “Gazprom” Bolgariya va Polshaga gaz yetkazib berishni to‘lovlar rublda amalga oshirilmaganligi uchun to‘xtatdi.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi