Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga 800 mln kub metr gaz yetkazib berishi mumkin

Olam

image

Qozog‘iston hukumati yil oxirigacha Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga tranzit orqali kamida 800 million kub metr gaz yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi. 

“Endi biz rejimlar qanday ketayotganini ko‘ramiz, lekin kamida 800 million kubometr gaz yenkazib berish mumkin bo‘lgan miqdor sifatida ko‘rib chiqiladi”, deydi Satkaliyev yil oxirigacha Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzit hajmi haqidagi savolga javob berar ekan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, umuman olganda, dastlabki bosqichda gap qariyb 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish haqida bormoqda. 

“Bular O‘zbekiston Respublikasining so‘roviga ko‘ra oldindan kelishilgan hajmlardir”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya tabiiy gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali tranzitiga start berdi. Ushbu quvur orqali O‘zbekiston har yili Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida 2,8 milliard kub metr gaz sotib oladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston O'zbekiston Rossiya gazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing