YeI Rossiya aktivlaridan tushgan daromadni Ukrainaga berishdan bosh tortdi
Olam
−
27 mart
9374Yevropa Ittifoqi 2022-2023 yillarda muzlatilgan Rossiya aktivlarini investitsiya qilishdan olingan 5 milliard yevro daromadni Ukrainaga o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
“Pul Bryusseldagi Euroclear qimmatli qog‘ozlar depozitariysida Moskva da’volaridan sug‘urta sifatida qoladi”, deb yozadi nashr.
Yevropa Ittifoqi taklifida aytilishicha, mablag‘lar “markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariylarining Ukrainadagi urush tufayli ko‘rgan xarajatlari, risklari va yo‘qotishlarini qoplashga” sarflanadi. Ukraina hukumati esa bu qarorga qarshi.
Yevropa Ittifoqi rejalariga ko‘ra, Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan mablag‘lari investitsiyalaridan 2024 yil 15 fevraldan keyin olingan soliqlarni olib tashlagan holda daromadlar Ukrainaga yordam berish uchun o‘tkaziladi.
Mart oyida Yevrokomissiya tushumning 90 foizini Yevropa tinchlik jamg‘armasi orqali Ukraina uchun qurol-yarog‘ sotib-olish uchun ishlatishni taklif qilgan edi. Yana 10 foizi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash dasturlari uchun Yevropa Ittifoqi byudjetiga yo‘naltiriladi. Biroq ushbu sxema hali ham blokdagi barcha mamlakatlar vakillarini o‘z ichiga olgan YeI Kengashining bir ovozdan qarori bilan tasdiqlanishi kerak.
LiveBarchasi