YeI Ramzan Qodirovning onasiga nisbatan sanksiya kiritdi
Olam
−
24 iyun
7751Yevropa Ittifoqi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirovaga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilgan hujjatda ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, uning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishiga ukrainalik bolalarni antiukrain ruhida qayta tarbiyalab, kelajakda Rossiyaga xizmat qilish dasturini amalga oshirishi va Ukrainaga qarshi hujumlarda qatnashgan chechen jangchilarining oilalariga yordam bergani sabab bo‘lgan.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Checheniston rahbarining otasi, Rossiya Qahramoni Ahmad Hoji Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoat fondini ham “qora ro‘yxat”ga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning 14-paketi doirasida rossiyalik qo‘shiqchi Polina Gagarina, Shaman taxallusi bilan tanilgan qo‘shiqchi Yaroslav Dronov va aktyor Ivan Oxlobistinni “qora ro‘yxat”ga kiritgani ma’lum qilingandi.