YeI mudofaasi AQSH yordamisiz bir necha haftagagina dosh beradi – “Bloomberg”
Olam
−
07 mart 5493 2 daqiqa
Rossiya Yevropaga tahdid qilsa, AQSH yordamisiz Yevropa Ittifoqi bir necha haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatga o‘zini himoya qila oladi. Bu haqda mudofaa manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qo‘shinlar, havo hujumidan mudofaa va o‘q-dorilarning jiddiy tanqisligini boshdan kechirmoqda. Qayd etilishicha, bo‘shliqni to‘ldirish yillarga cho‘ziladi. Vashingtonning qit’adagi harbiy ishtirokini biroz qisqartirishi ham Yevropaning mudofaa qobiliyatiga ta’sir qiladi.
“Mudofaa rasmiylarining ta’kidlashicha, Yevropaning qo‘shinlari, havo hujumiga qarshi mudofaasi va o‘q-dorilari yetishmaydigan front chizig‘i Rossiya bosqinini eng yaxshi holatda bir necha hafta davomida AQSH ishtirokisiz qaytarishga qodir”, deyiladi xabarda.
Manbalarga ko‘ra, Ukrainada uch yillik harbiy harakatlarga qaramay, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida o‘q-dorilar ishlab chiqarish ko‘paymagan, bu esa Qo‘shma Shtatlardan muntazam harbiy yordam xarid qilishni nazarda tutadi. Biroq yanvar oyida prezidentlikka kelganidan beri Donald Tramp Yevropa Ittifoqini o‘z harbiy qudratini oshirishga, jumladan, harbiy xarajatlarni kamida 5 foizga oshirishga chaqirgan.
Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etiladigan yordamni – logistika va razvedkadan tortib, qurol tizimlarigacha almashtirish besh yildan ko‘proq vaqtni olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha Yevropa Ittifoqining maxsus sammiti oldidan Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Yevropa Ukraina tomonida bo‘lishini va Prezident Donald Tramp AQSH siyosatini bekor qilgan dunyoda mudofaa uchun ko‘proq mablag‘ sarflashini aytgandi.
Live
Barchasi