YeI Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy qilishga qaror qildi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari agar Belarusda vaziyat yaxshilanmasa Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga kelishib oldi. Bu haqda TASS axborot agentligi YeI bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Yevropa mamlakatlari Belarus bilan hamkorlikni to‘xtatishi va norozilik harakatlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishlari mumkin. Xabar berilishicha, bunga asosiy sabab sifatida Lukashenkoning 23 sentyabrdagi yashirin inauguratsiyasi ko‘rsatilmoqda.

“Yevropa Ittifoqi Kengashi, Belarusda agar vaziyat yaxshilanmasa, Aleksandr Lukashenko va unga aloqador muassasalar, shuningdek, yuqori lavozimli amaldorlarga nisbatan yangi cheklov choralarini ko‘rishga tayyorligini e’lon qiladi”, deyilgan bayonotda.

Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi Belarus rasmiylaridan politsiyaning namoyishlarga ko‘rsatayotgan qarshiligini to‘xtatishni, barcha hibsga olinganlarni ozod qilish va norozilik harakati rahbariyati bilan dialog boshlashni talab qilmoqda. Yevropa Ittifoqi nodavlat tashkilotlar va nodavlat ommaviy axborot vositalariga, shuningdek politsiyadan jabr ko‘rgan barcha fuqarolarga qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatishini aytdi.

Avvalroq, oktyabr oyi boshida Yevropa Ittifoqi 40 ga yaqin Belarus amaldorlariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Lukashenko ushbu ro‘yxatga kiritilmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing