YeI Kiyevga yordam berishdan bosh tortgani uchun Vengriya iqtisodiga putur yetkazmoqchi – FT

Olam

image

Yevropa Ittifoqi, agar Budapesht Ukrainaga yangi yordam paketini yoqlashdan bosh tortsa, Vengriya iqtisodiga putur yetkazish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Britaniyaning “The Financial Times” gazetasi o‘z qo‘liga tushgan YeIning ichki hujjatiga tayanib, xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bryussel Vengriya forinti (pul birligi) kursini pasaytirmoqchi va mamlakat iqtisodiyotining ish o‘rinlari va o‘sishiga zarar yetkazish maqsadida Vengriyaning investitsion jozibadorligini pasaytirmoqchi.

Qayd etilishicha, agar Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban yon bermasa, Yevropa Ittifoqi rahbariyati “bozorlarni qo‘rqitish” niyatida Budapeshtni moliyalashtirishni to‘liq to‘xtatishini ochiq e’lon qilishi mumkin.

Vengriyaning Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha vaziri Yanosh Boka FT'ga bunday tahdidlardan bexabarligini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Budapesht bosimga berilmayapti.

"Vengriya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Yevropa Ittifoqi fondlariga kirish o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q va boshqa mamlakatlarning bunday aloqaga kirishiga qarshi. Vengriya muzokaralarda konstruktiv ishtirok etishda davom etadi”, deydi Boka.

Vazirning qayd etishicha, shanba kuni Vengriya Bryusselga yangi murosa taklifini yuborib, Ukrainaga yordam berish uchun Yevropa Ittifoqi byudjeti mablag‘laridan foydalanishga va Kiyev ehtiyojlarini qoplash uchun jamiyat qarzini chiqarishga rozilik bergan. Buning uchun Yevropa Ittifoqi kelishuvga Budapeshtga kelajakda o‘z qarorini o‘zgartirish imkoniyati haqida band qo‘shishi kerak.

O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi Kengashi vakili matbuotda sizib chiqqan ma’lumotlarga izoh bermasligini aytgan. Shu bilan birga, nashrga intervyu bergan Yevropa Ittifoqi diplomatik doiralaridagi manbalar ko‘plab davlatlar bu rejani qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, diplomatlardan biri FT uchun sharhida bunday muhokamalarni shantaj deb atagan.

2023 yilning 14-15 dekabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeI sammitida Orban Yevropa Ittifoqining 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan byudjetiga Ukrainaga 50 milliard yevro ajratishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni bloklagan edi.

Vengriya Kiyevga har yili mablag‘ sarflanishini qattiq nazorat qilgan holda moliyaviy yordam ko‘rsatishni taklif qilgan. Joriy yilning 1 fevral kuni Belgiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan sammitda bu masala jamiyat yetakchilari tomonidan yana muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing