YeI davlatlari Lavrovning samolyotini muallaq qoldirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova vazir Sergey Lavrovning samolyotiga Serbiya atrofidagi mamlakatlar havo hududiga kirish taqiqlanganini tasdiqladi. Bu haqda u kecha, 5 iyun kuni kechqurun Italiyaning “La7” kanalidagi “Ne Arena” tok-shousida aytib o‘tdi. 

“Siz kanallarni ochish haqida gapiryapsiz, biz [aloqa imkoniyatlaridan] foydalanamiz va bir soat oldin Serbiyani o‘rab turgan davlatlar Serbiyaga borishi kerak bo‘lgan Sergey Lavrovning samolyoti uchun tabiiy havo kanalini yopib qo‘yishdi. Rossiya delegatsiyasi Belgradda muzokaralar olib borishi kerak edi, Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlar havo hududini yopdilar. Bu boshqa yopiq aloqa kanali”, deydi Zaxarova. Uning ta’kidlashicha, aloqa uzilishining tashabbuskori Rossiya Federatsiyasi emas, G‘arbdir. 

Avvalroq Serbiyaning “Večernje novosti” gazetasi Bolgariya, Shimoliy Makedoniya va Chernogoriya Lavrovning Serbiyaga yo‘l olishi kerak bo‘lgan samolyoti uchun havo koridorini berishdan bosh tortgani haqida xabar qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 25 fevral kuni Rossiya tomonidan Ukrainaga nisbatan harbiy tajovuz boshlanishi munosabati bilan YeI ikkinchi chora-tadbirlar paketini kelishib oldi. Sanksiya ro‘yxatiga 78 nafar rossiyalik, jumladan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (ularning YeIga kirishi taqiqlanmagan, biroq ularning aktivlari Yevropa Ittifoqi banklarida topilsa, muzlatib qo‘yiladi), Bosh vazir Mixail Mishustin, Ukrainadagi harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlagan Davlat dumasi deputatlari va Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi a’zolari kiritilgan.   


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Lavrov

Baholaganlar

447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing