Lavrov sabab G20 yiğilişida jamoaviy suratga tuşiş bekor qilindi
Olam
−
10:17 1131 2 daqiqa
AQŞning Atlanta şahrida G20 davlatlari Taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov iştiroki sabab an’anaviy jamoaviy suratga tuşiş marosimisiz ötkazildi. Iştirokçilarning 30 foizdan ortiği Lavrov bilan birga suratga tuşişdan boş tortgan. Bu haqda CNN xabar berdi.
Naşrning ikki nafar Ğarb rasmiysiga tayanib xabar berişiça, AQŞ tomoni dastlab ikki xil suratga tuşiş variantini körib çiqqan: biri Lavrov iştirokida, ikkinçisi esa usiz. Biroq yakunda AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio suratga tuşiş marosimini butunlay bekor qilişga qaror qilgan.
AQŞ rasmiysining aytişiça, Rubio surat atrofidagi bahslar yiğilişning asosiy mavzularini soyada qoldirib, ortiqça şov-şuvga sabab bölişini istamagan. Boşqa bir rasmiy esa ayrim delegatsiyalar umumiy suratda iştirok etişni xohlamagani ma’lum bölgaç, marosim bekor qilinganini bildirgan.
Keça, 30 oktyabr kuni Atlantada ötkazilgan matbuot anjumanida Sergey Lavrov bu vaziyatga munosabat bildirdi. U “oilaviy surat” atrofidagi bahslarga töxtalib, suratda kimning yonida turiş masalasiga bunçalik ahamiyat berilişi iştirokçilarning pozitsiyasini körsatib turganini aytgan. Şuningdek, Lavrov yiğiliş davomida Marko Rubio bilan qisqa suhbatlaşganini va muloqot ança yaxşi ötganini ma’lum qilgan.
Suratga tuşiş bilan boğliq vaziyat AQŞ va Yevropa davlatlari örtasida Rossiyaga nisbatan siyosat borasida kelişmovçiliklar kuçaygan bir paytda yuz bergan. Manbalarga köra, uçraşuv yakunida barça davlatlar nomidan qöşma bayonot emas, balki raislik qiluvçi tomonning bayonoti e’lon qilinişi kutilmoqda. Bunga G20 a’zolari muhim masalalar böyiça yagona pozitsiyaga kela olmasligi sabab bölişi mumkin.
Polşa Taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorski uruşlar davom etayotgani va ularda iştirok etayotgan davlatlar vakillari bir stol atrofida ötirgani sabab umumiy pozitsiyaga keliş qiyinligini aytgan.
Uçraşuvda Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi, şuningdek, AQŞning Eronga qarşi harbiy amaliyotlarni qayta boşlaşi ehtimoli ham muhokama qilingan.
Live
Barchasi30 Oktyabr