Agar Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin – Lavrov
Olam
−
10:52 278 2 daqiqa
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat Ukrainadagi urushni to‘xtatmagan holda muzokaralarga tayyor ekanini, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni muzokaralar uchun Moskvaga kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Lavrov Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tayotgan BRICS sammiti doirasidagi bayonotlarida so‘z ochdi.
“Agar Vladimir Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin, degan Rossiya Tashqi ishlar vaziri.
Lavrov Rossiya muzokaralarga tayyor ekanini, biroq ular o‘tkazilayotgan davrda Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish rejasi yo‘qligini bildirgan.
“Ha, albatta. Biz borishimiz kerak. Uchrashishimiz, gaplashishimiz va qarorlar qabul qilishimiz kerak. Gap so‘zlarda emas. Unga men nima deyishim yoki u menga nima demoqchi ekani muhim emas. Faqat natija muhim”, degan bunga javoban Zelenskiy.
Biroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning joriy yil dekabrda bo‘lishi rejalashtirilgan Mayamidagi G20 sammitida uchrashish taklifini rad etgan. Uning aytishicha, Putin va Zelenskiyning G20 sammitida uchrashishi “imkonsiz”. Peskov muzokaralar faqat Moskvada o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Zelenskiy va Putin Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlangan 2022 yil fevral oyidan beri shaxsan uchrashmagan. Putin, shuningdek, 2019 yildan beri G20 sammitlarida shaxsan ishtirok etmagan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralarini qayta tiklash bo‘yicha AQSH vositachiligidagi sa’y-harakatlar ham kuchaygan. Joriy oy boshida AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Moskva hamda Kiyevga borib, urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralarni qayta jonlantirishga uringan.
Biroq “Financial Times” nashri keyinchalik AQSH vakillarining Moskva va Kiyevga tashriflari sezilarli natija bermaganini xabar qilgan.
Live
Barchasi