Afg‘onistonlik radikallar sayyoh qiyofasida Markaziy Osiyoga kirishga urinyapti – Lavrov
Olam
−
17:49 772 2 daqiqa
Radikallar tahdidlarni Markaziy Osiyo va Rossiyaga ko‘chirish uchun Afg‘onistondan ko‘prik sifatida foydalanmoqchi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXSHT, MDH va SHHTning Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha konferensiyasida so‘z ochdi.
“Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan Afg‘oniston hududlarida, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik va ekstremistik guruhlarning jiddiy ishtiroki, ularning mashg‘ulot lagerlari, tayanch punktlari saqlanib qolayotgani omili ham hisobga olinmoqda. Ushbu guruhlar a’zolari tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari hududiga, jumladan, qochqinlar va hatto sayyohlar qiyofasida kirib borishga urinishlar qilinmoqda”, deydi u.
Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmatlarning baholashicha, asosiy xavf xalqaro terrorchilik tashkiloti va ISHIDning mintaqaviy bo‘linmasi bo‘lmish “Xuroson viloyati” guruhi jangarilaridan kelmoqda.
“Panj daryosining u tomonidagi “terrorchilar internatsionali” – boshqa so‘z topish qiyin – tarkibiga markaziy osiyolik, shimoliy kavkazlik, uyg‘ur millatiga mansub jangarilarni qamrab olgan. Yaqin Sharq va Afrikada qurolli hujumlarda qatnashish tajribasini orttirgan jangarilarning axborot makonida, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot resurslari mavjudligi ko‘zga tashlanmoqda”, deydi Sergey Lavrov.
Uning baholashicha, Afg‘onistondagi jarayonlar mintaqaviy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2009 yilning yanvaridan 2021 yilning avgustigacha bo‘lgan davrda Afg‘onistondagi qurolli nizo paytida kamida 40 ming tinch aholi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi