YeI ayollar huquqlarini buzganlarga qarshi sanksiyalar paketini joriy qilmoqchi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi (YeI) rasmiylari birinchi marta jinsiy zo‘ravonlik va ayollar huquqlarini poymol qilishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar paketini kelishib oldi. Bu haqda Ispaniyaning EFE agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, cheklovlar ro‘yxati Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tasdiqlangan. Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, ushbu qaror tashabbuskorlaridan biri Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri Vopke Xukstra bo‘lgan.

“Ukraina va Janubiy Sudandagi kabi mojarolarda jinsiy zo‘ravonlik muntazam ravishda sodir bo‘ladi, ayniqsa ayollar va qizlarga nisbatan”, deya vazirning so‘zidan iqtibos keltirilgan xabarda.

Europa Press agentligining aniqlik kiritishicha, uchta tashkilot yangi sanksiyalar ostida qoladi. Shuningdek, ro‘yxatda to‘qqiz kishi bor. Ular orasida rossiyalik harbiylar ham bor. Yevropa Ittifoqiga ko‘ra, ular Ukrainada ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikka aloqador bo‘lgan.

Shuningdek, Janubiy sudanlik ikki politsiyachi, Afg‘oniston hukumati vakili va Myanma Ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga nisbatan ham sanksiyalar joriy etilishi tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

jinsiy zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing