YeI armiyasiz burgutlar uchadigan dunyoda zaif chumchuqdek bo‘lib qolaveradi – Italiya TIV

Olam

image

Italiya Tashqi ishlar vaziri  Antonio Tayani Yevropa Ittifoqi davlatlari yagona armiya yaratishi kerakligini aytdi. Bu haqda u “La Stampa” nashriga bergan intervyusida gapirgan. 

“Agar biz dunyoda tinchlikparvar bo‘lishni istasak, bizga Yevropa Qurolli kuchlari kerak. Bu esa samarali Yevropa tashqi siyosatini olib borishning asosiy shartidir”, deydi Tayani.

Uning tushuntirishicha, AQSH, Xitoy, Hindiston va Rossiya kabi yirik o‘yinchilar ishtirokidagi Yaqin Sharq va Hindiston-Tinch okeani mintaqasida siyosiy inqirozlar kuchayib borayotgan dunyoda Italiya, Germaniya, Fransiya yoki Sloveniyani faqat mavjud tuzilma, ya’ni Yevropa Ittifoqi himoya qilishi mumkin.

“Shunday ekan, umumiy armiya aniq faktga aylanishi kerak. Bu masalani endi kechiktirib bo‘lmaydi”, deya xulosa qilgan vazir.

Shuningdek, Tayani ko‘plab Yevropa Ittifoqi davlatlari bunday islohotga qarshi chiqishini tan olgan. Ammo, uning fikricha, birlashgan armiyasiz Yevropa davlatlari "burgutlar uchadigan dunyoda yordamsiz chumchuqlar" bo‘lib qolaveradi.

Bundan tashqari, vazir jurnalistlarning Yevropa Ittifoqining urushga tayyorligi haqidagi savoliga javob berar ekan, umumiy Qurolli kuchlar tinchlikni saqlash, kuzatish va oldini olish uchun zarurligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Italiya Antonio Tayani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing