YeI Hormuzni ochish bo‘yicha Eron bilan muzokara boshladi
Olam
−
18:10 1849 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqi Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha Eron bilan diplomatik darajada muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda bugun, 17 mart kuni YeI tashqi siyosiy xizmati vakili Anvar al-Anuniy ma’lum qildi.
YeI vakilining aytishicha, Yevropa Yaqin Sharqdagi cheksiz urushdan manfaatdor emas.
“Diplomatik nuqtai nazardan – ha. Aslida biz diplomatik aloqadamiz. Nima uchun? Chunki biz cheksiz urushdan manfaatdor emasmiz. Hormuz bo‘g‘ozini ochiq holda saqlash YeI manfaatlariga mos keladi”, deydi al-Anuniy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp NATO bo‘yicha ittifoqchilari va hamkor davlatlarga murojaat qilib, Hormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlashda yordam berishga chaqirgandi. Ayrim davlatlar esa Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochishda AQSHga harbiy yordam berish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi.
Shu bilan birga, Eron barqaror kema qatnovini ta’minlash uchun AQSHni Hormuz bo‘g‘ozini tark etishga chaqirdi.