YeCHLga chiqa olmasligimiz falokat emas – Gvardiola

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shaharliklarning Yevropa Chempionlar ligasiga (YeCHL) chiqa olmasligi qanday oqibatlarga olib kelishini aytdi.

“Men Chempionlar ligasiga chiqishimizni xohlayman. YeCHLga chiqmaslik muammo bo‘ladi, lekin bu falokat bo‘lmaydi. Angliyada Chempionlar ligasiga chiqa olmagan, keyin esa o‘ziga kelib olgan klublar bor. “Manchester Siti” Chempionlar ligasida ketma-ket 10 yil o‘ynadi. Ammo bungacha klub hech qachon bu turnirda ishtirok etmagan. Biz katta natijalarga erishishga o‘rganib qolganmiz va yana urinib ko‘ramiz. Biz YeCHLga chiqamiz!” deydi Gvardiola.

Angliya chempionatida o‘tkazilgan 28 o‘yindan so‘ng “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi va Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanma beruvchi o‘rindan bir pog‘ona pastda turibdi. Keyingi turda Xosep Gvardiola shogirdlari “Brayton”ga qarshi maydonga tushadi. Angliya Premer-ligasining 2024/2025 yilgi mavsumi jadvalida 70 ochko bilan “Liverpul” peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing