YeCHLda gol urgan eng keksa futbolchi o‘zgardi
Sport
−
08 noyabr 2023
3831Portugaliyalik futbolchi Pepe Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) gol urgan tarixdagi eng keksa futbolchiga aylandi.
“Portu” himoyachisi YeCHL guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 91-daqiqasida “Antverpen” darvozasini ishg‘ol qildi (2:0). Pepe 40 yoshu 254 kunligida Yevropaning eng nufuzli futbol musobaqasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bungacha Yevropa Chempionlar ligasidagi eng keksa gol muallifi italiyalik Franchesko Totti bo‘lib kelayotgandi. U 2014 yilda 38 yoshu 59 kunligida SSKA darvozasiga gol urgan.
Yevropa Chempionlar ligasining oldingi turida Pepe musobaqada to‘p tepgan tarixidagi eng keksa futbolchiga aylangandi. Hozirga kelib portugaliyalik futbolchi Yevropa Chempionlar ligasidagi 116-o‘yinini o‘tkazdi.