YeCHL pley-off raundida uchinchi marta Milan derbisi bo‘lib o‘tadi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida uchinchi marta Milanning ikki klubi to‘qnash keladi.

Musobaqaning chorak finalida “Milan” “Napoli”ni (1:0, 1:1), “Inter” esa “Benfika”ni (2:0, 3:3) mag‘lub etdi.

Bungacha Yevropa Chempionlar ligasida Milan jamoalari ikki marta to‘qnash kelgan. 2002-2003 yilgi mavsumda yarim finaldagi ikkala o‘yin ham durang (0:0, 1:1) bilan yakunlangan va “rossonerilar” mehmonda urilgan gol evaziga finalga yo‘l olgan.

2004-2005 yilgi mavsumda jamoalar chorak finalda to‘qnash kelgandi: birinchi o‘yinda “Milan” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, ikkinchi o‘yinda esa “Inter” muxlislarining tartibsiz xatti-harakatlari tufayli jamoaga 0:3 hisobida mag‘lubiyat yozilgan.

Jamoalar joriy mavsumda o‘zaro uch marta to‘qnash keldi. 3 sentyabr kuni A Seriyada “Milan” 3:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 fevralda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Italiya Superkubogi bahsida “Inter” raqibidan 3:0 hisobida ustun keldi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Milan pley-off

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing