O‘zbekistonning JCH pley-offdagi raqiblari aniqlandi

Sport

image

Kecha, 20 avgust kuni 2027 yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati qit’alararo pley-off turnirining dastlabki bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi saralash doirasidagi o‘z raqiblarini bilib oldi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi saralashning dastlabki bosqichida Papua – Yangi Gvineya, Gana va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekistonning pley-offdagi raqiblari:

  • O‘zbekiston – Papua Yangi Gvineya 
  • O‘zbekiston – Gana 
  • O‘zbekiston – Janubiy Afrika Respublikasi 

Jahon chempionati qit’alararo pley-off turnirining ushbu bosqichi joriy yilning noyabr-dekabr oylarida markazlashgan holda o‘tkaziladi.

Ushbu bosqich yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi natijaga erishgan ikki terma jamoa 2027 yilda fevralida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining so‘ngi saralash bosqichiga yo‘llanma oladi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing