Yashnobod tumanida ikki kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
02 iyun 2020
93132020 yil 2 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 nafarga ko‘payib, 3718 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 12 nafari Karantin markazidagi (barchasi Qozog‘iston orqali kirib kelgan) fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi aholi orasida, qolgan 2 nafari Namangan va Toshkent viloyatlariga xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 2859 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 844 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi