Yashirish “yashil yo‘lak”da ish bermadi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2019
5355Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishiga qarshi tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda.
Xususan, “Qarshi aeroport” chegara bojxona postida “yashil yo‘lak” orqali harakatlangan fuqaro J.D. ning qo‘l yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va og‘zaki savol-javob davomida ma’lum qilinmagan umumiy qiymati 5,3 million so‘mlik 72 dona atir-upa tovarlarini mamlakatimizga olib kirayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, “Qarshi-Kerki” chegara bojxona posti orqali harakatlangan fuqaro R.M. tomonidan ham me’yoridan ortiqcha bo‘lgan 64 dona turli nomdagi atirlarni olib kirishga bo‘lgan urinish o‘z vaqtida fosh bo‘ldi.
Holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi