“Yashil” va “sariq” hududlar orasida poyezd qatnovi tiklanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq “yashil” va “sariq” hududlar orasida poyezd qatnovini tiklashga ruxsat berildi.

Fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida Respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda quyidagi POEZDLAR QATNOVI tiklanishiga ruxsat berildi:

•    Toshkent - Buxoro - Toshkent;
•    Toshkent - Termiz - Toshkent;
•    Toshkent - Xiva - Toshkent;
•    Toshkent - Nukus - Toshkent;
•    Andijon - Xiva - Andijon;
•    Andijon - Buxoro - Andijon;
•    Andijon - Termiz - Andijon.

Bunda, Transport vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poyezdlar qatnov rejasini belgilab boradi.

Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berildi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda avtotransport vositalarida yolg‘iz harakatlanayotgan haydovchiga tibbiy niqobdan foydalanmaslikka ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyundan O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlar qisman tiklanyapti. Maxsus komissiya qarori bilan xorijga chiqishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonliklar belgilandi. Bundan tashqari xorijdan kelayotganlarni karantinga olish tartibi tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing