“Yashil makon”da 2 mln dan ortiq ko‘chat ekilmasada, hisobotga kiritilgani aniqlandi
3-sahifa
−
05 iyul 2023
5152“Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chat hisobotga qo‘shib yozilgan. Bu haqda Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Navoiyda 959 ming, Toshkent viloyatida 564 ming, Farg‘onada 465 ming va Qashqadaryo viloyatida 227 ming tup ko‘chatni qo‘shib yozish holatlari aniqlangan.
Bundan tashqari, 1 million 800 ming tup ko‘chatlarni saqlash va parvarish qilish uchun tegishli mas’ullar belgilanmagan. Uning qayd etishicha, eng achinarli ahvol Farg‘ona viloyatida bo‘lib, 415 ming tup ko‘chatga mas’ul tayinlanmagan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 355 ming, Surxondaryoda 331 ming, Buxoroda 146 ming va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 136 ming tup ekilgan daraxtlar e’tiborsiz qoldirilgan.
Sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chatlar ekilishiga ham yo‘l qo‘yilgan.
“Yana bitta katta muammomiz bu hududlarning tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib daraxt va butalarning mos turlari tanlanmasdan janubiy hududlarda o‘suvchi o‘simliklarni shimoliy hududlarga yoki aksincha shimoliy hududlarga moslashmagan o‘simliklarni janubiy hududlarga ekilishiga yo‘l qo‘yilgan”, deydi vazir.
Shu bilan birga u ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish va parvarishlash yuzasidan 10 ming 961 ta ko‘rsatma berilganini, ko‘rsatmalarni bajarmagan 753 nafar shaxsga nisbatan 1 milliard 156 million so‘m jarimalar qo‘llangan.
LiveBarchasi