“Yashil”ga o‘tgan 10 ta hududda masjidlar ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 13 iyun holatiga O‘zbekistondagi tuman va shaharlarning “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha yangilangan ro‘yxati e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, Buxoro viloyati Kogon tumani, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani, Navoiy viloyati Konimex tumani, Samarqand viloyati Pastdarg‘om, Oqdaryo, Tayloq va Jomboy tumanlari, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Nurafshon shahriga “yashil” hudud toifasi berilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 16 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochiladi. Bu haqda idora Matbuot xizmati xabar berdi.

Aksincha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani, Buxoro viloyati Vobkent tumani, Namangan viloyati Namangan va Chust tumanlari, Surxondaryo viloyati Boysun, Muzrobod tumanlari, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Sirdaryo  viloyati Yangiyer shahri “qizil” va Navoiy viloyati Navoiy shahri, Toshkent viloyati Pskent tumani, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani  esa “sariq” toifa berilishi sababli ushbu hududlardagi masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

“Qizil” yoki “sariq” xududlardan “yashil” xududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir”, deyiladi Musulmonlar idorasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni O‘zbekistona ilk bor koronavirus infeksiyasi qayd etilishi bilan mamlakatdagi masjidlar yopilgandi. Shundan so‘ng oradan deyarli 3 oy vaqt o‘tgach, diniy muassasalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. 8 iyundan “yashil” toifaga kiruvchi hududlarda masjidlar eshiklarini yana ochdi.


Maqola muallifi

Teglar

masjid Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing