Yarim tunda singlisi begona mashinadan tushganini ko‘rgan fuqaro haydovchini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Joriy yilning 15 fevral kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida yarim tunda singlisini begona mashinadan tushganini ko‘rgan fuqaro haydovchining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa yuz bergan kun soat 03:30 larda 30 yoshli Davlatyor D. “Guliston” MFY hududida singlisi Damas rusumli avtomashinadan tushib qolganligini ko‘rgan. So‘ng Davlatyor D. ularning yoniga borib haydovchi 36 yoshli Xursandbek Q. bilan janjallashib, yog‘och bo‘lagi bilan uning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan. Natijada Xursandbek Q. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shovot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Davlatyor D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Shovot

Baholaganlar

1227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing