Yarim mln dollarlik kripto-aktivni aylantirgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
24 iyul 2492 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida noqonuniy kripto-aktivlar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uning xonadonidan 1 dona noutbuk, 2 dona mobil telefon hamda 43 ta bank plastik kartasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Surishtiruvlarda gumonlanuvchi mazkur qurilmalar orqali noqonuniy kripto-aktivlar savdosi bilan shug‘ullanib, umumiy qiymati 500 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan USDT kripto-aktivlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida Telegram orqali giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilingan shaxsdan jinoiy faoliyatdan olingan qariyb 50 ming AQSH dollariga teng kripto-aktivlar aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi