Yarim kg tillani ichiga “yutib” olib chiqib ketayotgan ayol ushlandi

Jamiyat

image

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida qariyb 500 gr quyma oltinni xorijiy mamlakatga olib chiqib ketishga uringan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda. 

“Toshkent-AERO” Ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.X.ning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘ydi.

Ushbu shaxs xolislar ishtirokida skaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda u quyma tilla bo‘laklarini o‘z tanasiga berkitib olganligi aniqlandi.

Natijada, fuqaro G.X.dan yashirincha olib o‘tishga urinilgan jami 434,6 grammni tashkil etuvchi 14 dona dumaloq shakldagi quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat bojxona qo'mitasi Toshkent xalqaro aeroporti

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing