Yaponiyaning yangi Bosh vaziri saylandi

Olam

image

Yoshihide Suga bugun, 16 sentyabr kuni ovoz berish natijalariga ko‘ra, Yaponiyaning yangi Bosh vaziri etib saylandi.

Avvalroq, Yaponiya Hukumati to‘liq iste’foga chiqishi haqida xabar berilgan edi. Shu bilan birga, Sindzo Abe kabinetining aksariyat vazirlari o‘z lavozimlarini saqlab qolishlari ta’kidlandi.

Xabarga ko‘ra, Tashqi ishlar vaziri Toshimitsu Motegi, Moliya vaziri Taro Aso, Davlat yer, infratuzilma, transport va turizm vaziri Kazuyoshi Akaba, Olimpiya ishlari vaziri Seyko Xashimoto va Iqtisodiy tiklanish vaziri Yasutoshi Nishimura o‘z lavozimlarida qoladigan bo‘ldi. 

Shuningdek, Rossiya bilan aloqalar uchun mas’ul Iqtisodiyot vaziri Xiroshi Kajiyamuning lavozimiga qayta tayinlanishi kutilmoqda. Sindzo Abening ukasi Nobuo Kishi Mudofaa vaziri lavozimini egallaydi, Katsunobu Kato esa Hukumat spikeri lavozimiga nomzodini ilgari suradi.

Ma’lumot uchun, bir necha kun oldin Yoshihide Suga Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasining yangi rahbari bo‘lgandi. Uning nomzodini yoqlab 535 deputatdan 377 nafari ovoz bergandi. 

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe 28 avgust kuni sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli iste’foga chiqdi.65 yashar Abe avgust oyining boshidan beri bir qator muolajalarni boshdan kechirgan. Uning iste’fosiga oshqozon yarasi sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaponiya Bosh vazir Suga

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing