Yaponiyada idish ko‘rinishidagi konditsioner yaratildi

Texnologiya

image

Yaponiyaning Thanko kompaniyasi yangi foydali narsa – USB orqali quvvatlanadigan va murakkab o‘rnatishni talab qilmaydigan ixcham konditsionerni taqdim etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi tomondan, qurilma shisha idishga o‘xshaydi va uni istalgan joyga qo‘yish mumkin.

Qurilmaning ichida sovutgichli maxsus “kanistr” mavjud.

Faqat kartrijni muzlatgichga 20 daqiqaga qo‘yib olib, so‘ng konditsionerga joylash kifoya. U to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanuvchining o‘ziga yoki haroratni pasaytirish kerak bo‘lgan joyga yo‘naltirilishi mumkin.

Thanko'ning fikricha, konditsioner ichidagi sovutgich 6 soat davomida past haroratni saqlab turishi mumkin.

Konditsioner 3 ta quvvat rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, faqat kabel orqali quvvatlanadi (batareyasiz) va og‘irligi 2,5 kilogrammni tashkil qiladi. Ichkarida chang filtri o‘rnatilgan. Qurilmaning o‘lchamlari 445 x 420 x 625 mm. Ushbu mo‘jizaviy konditsionerning narxi 6900 iyen (618 ming 585 so‘m). Savdolar Yaponiyada joriy yilning 19 aprelidan boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

konditsioner Yaponiyaliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing