Yaponiyalik fuqaro o‘zini itga aylantirdi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Toko laqabli erkak ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini kuchukka aylantirgan odam sifatida tanilgan. U buning uchun ikki million yen (14 ming AQSH dollari) evaziga maxsus moyna buyurtma qilgan.

Toko kostyumni tayyorlash uchun haykallar va filmlar uchun modellar yaratish bilan mashhur bo‘lgan Zeppet nomli yapon kompaniyasiga murojaat qilgan. Kompaniya esa ushbu kostyumni yaratish uchun 40 kun vaqt sarflagan.

Uning YouTube’dagi “men hayvon bo‘lishni xohlayman” kanali katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. U it kostyumida polda dumalagan va ushbu videoni internetga joylagan.

Uning kuchuk-odam ko‘rinishida birinchi marta omma oldida chiqayotgani tasvirlangan videosi jonli efirning o‘zida olti milliondan ortiq tomosha qilindi.
“Men maktabdagi bitiruv varaqamga it bo‘lishni va tashqarida yurishni xohlaganimni yozganimni eslayman”, degan Toko itga aylanish orzusi unda avvaldan bo‘lgani haqida gapirar ekan.

Toko itga o‘xshash uchun qilgan harakatlariga javoban bir qancha salbiy izohlar oldi. Ko‘pchilik unga davolanishi kerakligini aytdi. 

“Bu mening sevimli mashg‘ulotim, shuning uchun men davom etaman. Bu meni baxtli qiladi va boshqa odamlar ham baxtli”, dedi u kommentlarga javoban.


Maqola muallifi

Teglar

it hayvon Toko kuchuk moyna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing