“Dunyodagi eng xunuk it” tarmoq yulduziga aylandi

Bu qiziq

image

“Dunyodagi eng xunuk it” deb atalgan Xuaxua laqabli it tarmoqda mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda Xitoy OAVlari xabar berdi.

Bor-yo‘g‘i bir hafta ichida Xuaxua ishtirokidagi qisqa videoroliklar videoplatformalarda tarqalib, millionlab ko‘rishlar yig‘gan. Jonivorni “xunuk jozibadorligi” uchun maqtashmoqda va uni “go‘zallik bo‘yicha oxiridan birinchi o‘rinni egallagan it” deb atashmoqda.

Mahalliy matbuotning aniqlik kiritishicha, Xuaxuaning ota-onasi – ko‘rgazmali ko‘rinishga ega zoti toza border-kolli itlari bo‘lib, uyadagi boshqa barcha itlar ham standart bo‘yicha chiroyli tug‘ilgan. Xuaxua esa kamyob genetik mutatsiya natijasi bo‘lgan: uning juda ham betartib junlari va quloqlarida ikkita soch tutamiga o‘xshab chiqib turgan patdor junlari bor.

Nostandart ko‘rinishi sababli uni uzoq vaqt sota olishmagan, ammo tarmoqda tasodifan video e’lon qilinganidan so‘ng it bir zumda internet yulduziga aylangan. Oqibatda kecha, 3 avgust kuni Xuaxuani yangi egasi 2400 yuan (taxminan 4,3 mln so‘m)ga sotib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keniyada joylashgan Masai-Mara milliy qo‘riqxonasining yovvoyi tabiat fotosuratchisi Kambiz Kameo Purgxanad tomonidan olingan jingalak yolli noyob sherning surati internetda keng tarqalgandi va millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini tortgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing