Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 180ga yetdi
Olam
−
09 yanvar
2584Yaponiyada yuz bergan zilzila qurbonlari soni 180 kishiga yetdi. Bu haqda NHK telekanali Isikava prefekturasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, jarohatlanganlar soni 565 kishiga yetgan. Yana kamida 120 kishi bedarak yo‘qolgan deb topilgan. 28 ming aholi evakuatsiya qilingan.
Zilzilalardan eng ko‘p Isikava prefekturasi jabr ko‘rgan, bu yerda 1370 ta uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan.
Mahalliy aholiga ichimlik suvi yetishmasligi kuzatilmoqda. Yaponiya hukumati jabrlanganlarga 32 million dollar yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvardan beri Yaponiyada 1200 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi. Eng kuchli zilzila magnitudasi 7,6 ballni tashkil qilgan.
Bu 1885 yilda Yaponiya hukumati statistika yurita boshlaganidan beri bu mintaqa uchun eng kuchlisi edi. Seysmologlarning fikricha, yerosti silkinishlari taxminan yana bir hafta davom etadi.