Yaponiyada tanker bilan to‘qnashgan yuk kemasi cho‘kib ketdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 28 may kuni Yaponiyaga tegishli “Byakko” yuk kemasi va Marshall orollari bayrog‘ini ko‘targan “Ulsan Pioneer” tankeri Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida to‘qnashib ketdi. Bu haqda NHK telekanali ma’lum qilgan.  

Ta’kidlanishicha, voqea Sikoku orolida joylashgan Ehime prefekturasi yaqinidagi Kurusima bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan keyin 2 soat 40 daqiqada “Byakko” kemasi cho‘kib ketgan. 

Pricess Kaiun kompaniyasiga tegishli Yaponiyaning yuk kemasi bortida 12 ekipaj a’zosi bo‘lgan, hozirda uch kishi bedarak yo‘qolgan. Qolgan to‘qqiz kishi Imabari shahridagi tibbiyot muassasalariga yuborilgani ma’lum, ularning hayoti xavf ostida emas. 

“Ulsan Pioneer” tankeri bortida 13 kishi — Janubiy Koreya va Myanma fuqarolari bo‘lgan. Ularning hech biri jabrlanmagan. 

Ta’kidlanishicha, yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda. 

Avvalroq, Nigeriyaning Kebbi shtatida Niger daryosi bo‘ylab yo‘lovchilarni olib ketayotgan liq to‘la kema ag‘darilib ketgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya kema

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing