Yaponiyada dunyodagi birinchi virtual maktab ochildi (video)

Bu qiziq

image

Yaponiyada talabalarga virtual ta’limni taklif qiluvchi birinchi masofaviy maktab ochildi. Bu haqda “Mir24” nashri xabar berdi. 

Ushbu maktabda o‘qish jarayoni joriy yilning aprel oyidan boshlanadi. Endi bolalar mamlakatning istalgan nuqtasidan darslarga qatnashishi mumkin. Buning uchun barcha jihozlar ularga tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladi.

Bildirilishicha, virtual maktab o‘quv dasturi Yaponiya ta’lim qonuni standartlariga mos keladi. Odatdagidan farqli o‘laroq, asosiy e’tibor elektron sport va raqamli texnologiyalarga oid fanlarga qaratiladi.

Mutaxassislar bu shakldagi darslar nafaqat jarayonni osonlashtiradi, balki bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini ham oshiradi, degan fikrda. Chunki bu xuddi onlayn o‘yinga o‘xshaydi. Har bir talaba mustaqil ravishda darslarda qatnashadigan avatarini tanlaydi. Shuningdek, o‘smirlar bu virtual olamda tashqi ko‘rinish haqida qayg‘urishlariga hojat qolmaydi.

O‘quv dasturi, shuningdek, trening darslar, maslahatlar, kibersport turnirlari, madaniy tadbirlar, festivallar va boshqa maktab tadbirlarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilariga individual yondashuv, qo‘shimcha kurslar va Tokio universitetiga kirishga tayyorgarlik va’da qilinadi. O‘qishni tugatgandan so‘ng bitiruvchilar o‘rta maktabning namunaviy attestatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Kumamoto shahridagi maktab ma’muriyati darsga kelmagan o‘quvchilar o‘rniga darsga qatnashadigan ikkita mexanik yordamchilarni sotib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Yaponiya virtual

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing