Para Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston 2-o‘ringa ko‘tarildi

Sport

−

image

Bugun, 20 oktyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlari mezbonligidagi V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 2-kuni bo‘lib o‘tdi. Kun doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi 33 ta medalga sazovor bo‘ldi va umumiy reytingda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Musobaqaning ikkinchi kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi para yengil atletika, para velosport, para dzyudo, para og‘ir atletika, para suzish va para taekvondo musobaqalarida jami 56 ta medal – 17 ta oltin, 21 ta kumush va 18 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Medallarning umumiy soni bo‘yicha Yaponiya delegatsiyasi natijasi yuqoriroq bo‘lsa-da, oltin medallar sonidagi ustunlik O‘zbekiston vakillariga umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

Ayni vaqtda musobaqada Xitoy delegatsiyasi 149 ta medal (70 ta oltin, 44 ta kumush va 35 ta bronza) bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston 56 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yaponiya esa 63 ta medal (16 ta oltin, 20 ta kumush va 27 ta bronza) bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing