Para Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston kun davomida 33 ta medal oldi

Sport

−

image

Bugun, 21 oktyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlari mezbonligidagi V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 3-kuni bo‘lib o‘tdi. Kun doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi 33 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning uchinchi kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sportchilari V yozgi Para Osiyo o‘yinlarida sportning yetti turi bo‘yicha bahslarga kirishdi. Para yengil atletika, para veloshosse, para dzyudo, para og‘ir atletika, para taekvondo, para suzish va para qilichbozlik musobaqalarida sportchilar jami 32 ta medal – 12 ta oltin, 9 kumush va 12 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi umumiy medallari soni 89 taga yetdi.

Ayni vaqtda musobaqada Xitoy delegatsiyasi 226 ta medal (107 ta oltin, 62 ta kumush va 57 ta bronza) bilan peshqadamlik qilmoqda. Yaponiya delegatsiyasi 100 ta medal (29 ta oltin, 36 ta kumush, 35 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa 89 ta medal (29 ta oltin, 30 ta kumush va 30 ta bronza) bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing