Yaponiya futboli rahbari FIFA siyosati sabab iste’foga çiqdi

Sport

−

image

Yaponiya futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Takeşi Okada Jahon çempionatining tijorat huquqlarini sotiş bilan boğliq mojaro fonida iste’foga çiqdi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.

“Men sportga doimo oliyjanob maşğulot sifatida qaraganman va uning ijtimoiy ahamiyatini qadrlaganman. Biroq Jahon çempionati bilan boğliq sönggi voqealar mening e’tiqodlarim va amaliy harakatlarim örtasida sezilarli tafovut yuzaga keltirdi. Sportçi sifatida men bu holatni qabul qila olmadim. Şu bois şunday qarorga keldim”, deydi Okada özining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bayonotida.

Avvalroq, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) FIFA prezidenti Janni Infantinoni rasman qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilgan edi.

Joriy yilning avgust oyida OFK rahbari FIFA’ning Jahon çempionatiga oid tijorat huquqlaridagi uluşni xususiy investorlarga sotiş rejasidan voz keçiş haqidagi qarorini ma’qullagan. “The Times” naşri avvalroq Infantino Jahon çempionatini nazorat qiliş uçun tuzilişi rejalaştirilgan yangi taşkilotdagi uluşni sotişni közlayotgani haqida xabar bergan edi.

FIFA öz rasmiy saytida taşkilotning tijorat faoliyati va musobaqalarni ötkaziş bilan boğliq operatsiyalarini birlaştirişi kerak bölgan FIFA Forward Enterprise (FFE) kompaniyasini taşkil etiş rejasini tasdiqlagan hamda xususiy investorlarni undan uluş sotib olişga taklif qilgan. Keyinçalik FIFA matbuot xizmati bu loyiha xato bölganligini tan olib, undan butunlay voz keçdi.

Ma’lumot uçun, Takeşi Okada esa avvalroq Yaponiya milliy terma jamoasini 1998 va 2010 yilgi jahon çempionatlarida boşqargan. Uning rahbarligida yaponlar 2010 yilgi musobaqada 1/8 finalga qadar yetib borgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing