Yaponiyada Bosh vazir nutq so‘zlayotgan joyda portlash sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
15 aprel 2023
16603Bugun, 15 aprel kuni Yaponiya g‘arbidagi Vakayama shahrida Bosh vazir Fumio Kisida omma oldida nutq so‘zlayotgan joy yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumat rahbari xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan, u jabrlanmagan. “Kyodo” agentligiga ko‘ra, Kisida Vakayama shahri politsiya bo‘limiga olib ketilgan.
Agentlikning xabar berishicha, bosh vazir tomon tutun bilan alangaga o‘xshash narsa uloqtirilgan. Hodisa Saigasaki baliq ovlash portini tekshirish tugagandan so‘ng sodir bo‘lgan. Siyosatchi nutq so‘zlayotgan vaqtda portlash ovozi eshitilgach, shu yerning o‘zida gumonlanuvchi hibsga olingan.
Aytilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Portlash sodir bo‘lgan lahza videoga olingan bo‘lib, kadrlar Mash Telegram-kanali tomonidan e’lon qilingan.
LiveBarchasi