Yaponiyada Abe o‘rniga yangi Bosh vazir kelyapti

Olam

image

Yoshihide Suga Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasining yangi rahbari bo‘ldi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bermoqda. Uning nomzodini yoqlab 535 deputatdan 377 nafari ovoz bergan. Suga hukumatni 2012 yildan beri boshqarib kelgan iste’fodagi Sindzo Abening o‘rniga Bosh vazir bo‘lishi kutilmoqda. 

2 sentyabr kuni 71 yashar Suga o‘z nomzodini e’lon qilishidan oldin ham uni partiyaning yetti fraksiyasidan beshtasi qo‘llab-quvvatlagan. Natijada, Suga g‘alaba qozonish uchun keragidan ortiq ovoz yig‘di. 

Bir hafta ichida Suga hukumatni boshqarishi kerak. 

Amaldagi hukumat rahbari Sindzo Abe avgust oyi oxirida sog‘lig‘i sababli iste’foga chiqishini e’lon qilgandi

Abening ehtimoliy vorislari Suga hukumatining rasmiy vakili, sobiq tashqi ishlar vaziri va LDP siyosatini o‘rganish bo‘yicha kengash raisi Kishida Fumio va sobiq mudofaa vaziri va sobiq LDP bosh kotibi Ishiba Shigeru edi. 

Yoshihide Suga joriy yilning 16 sentyabr  Vakillar Palatasining (parlament) navbatdan tashqari yig‘ilishida rasmiy ravishda Bosh vazir etib saylanishi kutilmoqda.

Iste’foga chiqish istagini e’lon qilgandan so‘ng, Abe Liberal Demokratik Partiya (LDP) va Komeyto partiyasining hukmron koalitsiyasiga vaqtinchalik Bosh vazir tayinlamasligini, ammo LDP uning o‘rniga yangi nomzodni taqdim qilgunga qadar o‘z lavozimida qolishni rejalashtirganini ma’lum qildi.  

Abe 2000 yillarning boshidan Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi rahbariyatining a’zosi sifatida maydonga chiqdi. 2006 yil sentyabrdan 2007 yil sentyabrgacha partiyaning saylovlardagi muvaffaqiyatidan so‘ng Hukumatni boshqargan va 52 yoshida Yaponiya tarixidagi eng yosh Bosh vazir bo‘lgan. Biroq, Vazirlar Mahkamasi obro‘sining tez pasayishi fonida Abe tayinlanganidan bir yil o‘tib, 2007 yilda iste’foga chiqqan. O‘shanda ham uning iste’fosi salomatligi yomonlashishi bilan bog‘langan.  

2012 yilda Abe Liberal-demokratik partiyaning etakchisiga aylandi va yana saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Uning sakkiz yillik Bosh vazirligi Yaponiya uchun rekord darajadagi davrdir.

Abening iste’foga chiqishi nafaqat sog‘liq muammolari bilan, balki uning Hukumati reytingi keskin pasayishi bilan ham bog‘lanmoqda. Joriy yilning 23 avgust kuni “Kyodo” axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, uning Hukumatini ma’qullash darajasi 36% gacha tushgan. Bu Abening ikkinchi muddatda Hukumat boshqaruvini egallaganidan bayon eng past ko‘rsatkich.Respondentlarning 58,4%i Hukumatning pandemiya bilan bog‘liq harakatlaridan norozi ekanini bildirgan. 70,8% Abe epidemiyani oldini olish choralarini muhokama qilish uchun muxolifat partiyalari talabiga binoan parlamentning favqulodda sessiyasini imkon qadar tezroq chaqirishi kerak deb hisoblagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Sindzo Abe Yoshihide Suga

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made