Yaponiya yozning o‘rtasida koronavirus vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi
Olam
−
11 may 2020
4640Yaponiyada yangi koronavirus vaksinasining klinik sinovlari 2020 yil iyul oyida boshlanishi mumkin. Bu haqda bugun, 11 may kuni Bosh vazir Sindzo Abe parlamentdagi nutqida ma’lum qildi.
“Tokio va Osaka universitetlari va boshqa davlat ilmiy markazlari xodimlari tomonidan ishlab chiqilayotgan vaksinaning klinik sinovlari iyul oyida boshlanishi mumkin”, dedi hukumat rahbari.
Bundan tashqari, Bosh vazir vaksinani ishlab chiqish uchun 800 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratish rejalashtirilayotganini e’lon qildi.
Joriy yilning 8 aprel kuni Tokio va unga qo‘shni Kanagava, Saytama va Tiba prefekturalari, Yaponiyaning asosiy Xonsyu orolining janubi-g‘arbidagi Osaka va Xyogo prefekturalarida va Kyusyu orolidagi Fukuoka prefekturasida favqulodda holat rejimi o‘rnatilgan edi. 16 aprelda hukumat rahbari uni butun mamlakat bo‘ylab kengaytirdi. 4 may kuni favqulodda holat rejimi 31 maygacha uzaytirildi.
Yaponiyada koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlarining umumiy soni 16,5 mingdan oshdi. Shu bilan birga 271 nafar odam og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilingan. Infeksiyadan zararlanish oqibatida 646 o‘lim holati qayd etildi.
LiveBarchasi