“Namunali” Yaponiyada favqulodda holat 31 maygacha uzaytiriladi
Olam
−
04 may 2020
4601Yaponiyada yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha hukumat qarorgohi favqulodda holat rejimini 31 maygacha uzaytiradi. Bu haqda Iqtisodiy tiklanish vaziri Yasutoshi Nishimura ma’lum qildi.
"Ekspertlar kengashida biz favqulodda holat rejimining vaqti va zonalari masalasini muhokama qildik. Mutaxassislar muddatni 31 maygacha uzaytirishga kelishib olishdi. Bu haqda rasmiy qaror shtab-kvartirasi tomonidan qabul qilinadi", deydi vazir Nishimura ekspert komissiyasi yig‘ilishidan keyin jurnalistlarga.
8 martdan boshlab favqulodda holat rejimi Yaponiyadagi yettita prefekturada qo‘llanila boshlandi. 16 apreldan boshlab u mamlakat bo‘ylab joriy qilindi. 13 prefektura fa "maxsus" maqomini oldi.
Yaponiyada favqulodda vaziyatlarga qaramay ishlashni davom ettiradigan shaxslar yoki kompaniyalarga o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimini buzganlik uchun jarima belgilanmagan. Hokimiyat kompaniyalarni iloji boricha uzoqdan ishlashga va aholini zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi.
Shu bilan birga, mamlakatda istirohat bog‘lari ikki oydan beri ishlamayapti, jamoatchilik ishtirokidagi konsertlar va sport tadbirlari bekor qilindi. Mart oyining boshidan beri maktablar yopilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirus bilan bog‘liq 14 571 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 4 817 nafari sog‘aygan, 440 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 13 846 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi