Yaponiyada tibbiy niqob taqmaslik maslahat berildi
Olam
−
05 iyun 2020
11547Yaponiya atrof-muhit vazirligi mutaxassislari odamlar o‘rtasida yetarli masofa mavjud bo‘lsa, issiqlik boshlanishi bilan ko‘chada niqob taqmaslikni maslahat berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 5 iyun kuni Yaponiyada may oyining salqin ob-havosi chinakam yoz jaziramasi bilan almashadi. Tushgacha Gifu prefekturasida termometr 32 darajaga, Fukusimada 31 darajaga, Tokioda 29,7 ga ko‘tarildi. Kun davomida harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda. Oita prefekturasida harorat 34 darajaga, Okayama, Kioto va Kofu shaharlarida 33 darajagacha, Tokioda 31 darajagacha bo‘lishi mumkin.
Shu munosabat bilan Atrof-muhit vazirligi mutaxassislari ko‘chada boshqa odamlar bilan yetarlicha masofa bo‘lsa, niqob taqmaslikni maslahat berishdi. Shuningdek, tez-tez suv ichish va kam harakatli jismoniy mashqlar qilish ham eslatib o‘tildi.
Avvalroq, Yaponiyada o‘tkaziladigan olimpiyada sodda ko‘rinishda o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi