Yaponiya yaqinida yangi orol paydo bo‘ldi

Bu qiziq

image

O‘tgan oy oxiridan beri suv ostidagi vulqon otilishi natijasida Tokiodan 1200 kilometr janubda joylashgan Ivoto oroli yaqinida kichik yangi orol paydo bo‘ldi. Bu haqda “Kyodo” axborot agentligi xabar berdi.

Tokio universiteti qoshidagi zilzilalarni o‘rganish instituti dotsenti Fukashi Maenoning aytishicha, u 30 oktyabrda Tinch okeanidagi Ivoto orolidan taxminan 1 km uzoqlikdagi suvlar ustidan uchib o‘tayotganida  freatomagmatik otilishlar sodir bo‘layotganini va diametri 100 metrga yaqin toshli orolni ko‘rgan. 

Maenoning so‘zlariga ko‘ra, otilishlar paytida har bir necha daqiqada shelf ko‘tarilgan. Bunday vulqonga magma va dengiz suvining o‘zaro ta’siri sabab bo‘lgan. Yangi orol atrofidagi suvlarda pemza toshlari aniqlangan va yaqin atrofdagi dengiz suvlari vulqon faolligi tufayli rangini o‘zgartirgan.

Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning iyul-dekabr oylarida, shuningdek, joriy yilning iyun oyida ham otilishlar sodir bo‘lgan.

“Otilishlar magmatik faollikning qayta boshlanganidan dalolat beradi. Agar otilishlar davom etsa, yangi orol kattalashishi kutilmoqda, ammo istiqbol noaniqligicha qolmoqda”, deydi Maeno.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya orol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing